Dushanba, 14.07.2025, 15:10
 
Bosh bo'lim Registratsiya Kirish
Hush kelibsiz, Mehmon · RSS
Menyu
Bo'limlar
She'rlar [3521]
Savol
Saytimizga baho bering
Hamma javoblar: 204
 She'rlar
Bosh bo'lim » She'rlar » She'rlar

Armon
 
 
Nomingni takrorlab pichirlar labim,

Vujudim titratar axir armonim.

Gul tongni sog'inib yashagan kabi,

Men seni sog'inib yashayman jonim.

Bu qirg'oq xijrondir, u qirg'oq visol

O'rtada oqar suv mening imkonim. 

Bandi qush falakka talpingan misol,

Men senga talpinib yashayman jonim.

Umr o'tib borar daryodek shitob,

Ko'z yoshga aylanib boradi qonim.

Bir umr bo'g'zimda titrar bir xitob,

Vaslingga zor bo'lib yashayman jonim.
 
 
Bo'lim: She'rlar | Qo'shdi: A_Azimjon (07.02.2008) | Avtor: Aripov Azimjon
Ko'rganlar: 1420 | Baho: 4.0/1 |
Hamma izohlar: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Saytga kirish
Izlash
Do'stlarimiz
Xisoblagich

Hozir Onlayn: 1
Mehmon: 1
Foydalanuvchilar: 0