Yurak bag'rim ezib ketgan so'zlar bu,
Imkon bo'lib bosilmagan izlar bu.
Kechir meni ozor berdim ko'nglinga,
Sevgi nigohila boqqan ko'zlar bu.
Yuragimdan oqqan qonli yoshlar bu,
Men tomongan uchirilgan toshlar bu.
Kechir meni, seni deya olmadim,
Haligacha yuragimni g'ashlar bu.
Uzilmagan jonimga to'lgan alam
Sevolmagan yuragimga yo'q malham.
Endi mening ko'zlarimga tor olam,
Kechirolsang kechir so'nggi so'zlar bu.
|